39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

                             Oliy toifali drama artisti  Mirxodiyeva Sayyora Usmanovna
 Mazkur vazifada 2009 yildan ishlamoqda.
S.Mirxodiyeva o‘zining serqirra ijodiy faoliyatida teatr va kino sanʼatida turli obrazlarni yaratib, madaniy jamoatchilikka iqtidorli aktyor sifatida tanilgan. Aktrisa qiziqish doirasi keng, doimo izlanuvchan va talabchan sanʼatkorlar sirasidan.
O‘zining aktyorlik isteʼdodi hamda teatr va kinodagi ijodi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.
O‘zbekiston davlat satira teatri sahnasida aktrisa ijro etgan Q.Muhammadrizoning “Bugunning shum bolasi” spektaklida Ona, S.Jumag‘ulovning “Eringni berib tur” spektaklida Qo‘shni xotin, T.Imomxujayevning “Buvam uylanarmish”da Kampir, Yu.Azimzodaning “Nasriddinning yoshligi” spektaklida To‘kisxon, M.Mamadaliyevaning “Jumboq” spektaklida Buvi, U.O‘sarov asari asosida sahnalashtirilgan “Chig‘iriq” spektaklida Buvi, O‘.Umarbekovning “Sadoqat” dramasida Kotiba, A.Obidjonning “Chapani xangoma”sida Arslonxo‘janing xotini, E.Usmonov asari “Orzumdagi mahbubam”da Amma obrazlari hayotiyligi, tabiiyligi va jozibasi bilan tomoshabinlarni maftun etadi.
S.Mirxodiyeva o‘z ijodiy faoliyatida ko‘plab badiiy va videofilmlarda ham suratga tushib, zamonaviy o‘zbek ayollari obrazini yorqin va jonli ifoda etgan mohir sanʼatkordir.
Ayniqsa, uning talqinidagi Ona obrazlari diqqatga sazovor bo‘lib, aktrisa ular orqali o‘z qahramonlarining ichki kechinmalari, xarakterini to‘liq ochib beradi. Har bir asar mohiyatini chuqur anglagan xolda, unga to‘g‘ri yondashadi va mahorat bilan tomoshabinga yetkazadi.
Jamoat ishlarida faol ishtirok etadi, teatrning ijodkorlaridan tashkil topgan “Maʼnaviyat-qalbim quyoshi” teatrlashtirilgan dasturida rang-barang rollari bilan, respublikamizning viloyat va shaharlarida o‘tkaziladigan ijodiy uchrashuvlarda qatnashib, muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda.
2017 yilda aktrisa “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” shiori ostida Andijon, Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi maʼnaviyat targ‘ibot markazi tomonidan uyushtirilgan ijodiy uchrashuvlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan “Paxta-2017” tadbirlarida faol ishtirok etdi.
S.Mirxodiyeva tabiatidagi samimiylik, talabchanlik jamoa ishida o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. O‘zining sahna mahoratidagi tajribalarini yosh aktyorlarga o‘rgatib, rol xarakteriga yondashishda o‘z maslahatlarini ayamaydi.
Ijodiy faoliyatida S.Devonov, X.Saʼdiyev, B.Ixtiyorov, L.Sadullayev, G.Sadullayeva va boshqa ko‘plab taniqli aktyorlar bilan hamkorlikda ishlab, ulardan aktyorlik sanʼati sirlari o‘rganish S.Mirxodiyevaning teatr sanʼatida o‘z o‘rnini topishida asosiy omillardan bo‘ldi.

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.