2-toifali drama artisti Nosirov G‘olib Ramazonovich
Maʼlumoti oliy. 2015 yilda O‘zbekiston davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabini tamomlagan.10.09.2018 yildan O‘zbekiston davlat satira teatrida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Nosirov G‘olib Ramazonovich 2017-2018 yil “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab Madaniyat vazirligining hamda Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalq sayillarida xoreograf sifatida aholiga bayram kayfiyatini ulashishda o‘z hissasini qo‘shgan.
2018 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan “Ibratli oila” Respublika festivalida, teatrdagi yangi yil tomoshalari,
21-27 mart kunlari o‘tkazilgan “Teatr tomoshalari haftaligi” tadbirlarining yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
U o‘zining namunali xulqi, tartib-intizomi, kasbiga bo‘lgan masʼuliyati, samimiyligi bilan jamoadoshlari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan.
Shuningdek u F.Karintining rejissyor J.Ro‘zmetov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli kursi” spetaklida, Hamza Hakimzoda Niyoziyning rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev sahnalashtirgan “Maysaraning ishi” satirik-komediyasida, Nikolay Vasilevich Gogolning rejissyor E.Yo‘lchiboyev tomonidan sahnalashtirilgan “Uylanish” spektaklida, V.Baranganing rejissyor T.Isroilov tomonidan sahnalashtirilgan “Jamoat fikri” satirasida, “Arshin mol olan” (rejissyor O‘zbekiston xalq artisti B. Yo‘ldoshev) spektaklida, “Sehrli kursi” (rejissyor J. Ro‘zmetov) spektaklida, Sharl Perroning rejissyor E.Yo‘lchiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Etik kiygan mushuk” bolalar uchun pesasida va teatrning turli yillarda sahnalashtirgan boshha asarlarida rollar o‘ynadi, ommaviy sahnalarda ishtirok etdi, bu sahna asarlarining muvvaffaqiyatli chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi.