1-toifali aktyor Nuraliyev Muslimbek G‘ulomjon o‘g‘li
Maʼlumoti oliy. 2014 yilda O‘zbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat institutining “Drama teatri va kino aktyorligi” yo‘nalishini tamomladi.
M.Nuraliyev 2014 yildan buyon O‘zbekiston davlat satira teatrida aktyor sifatida ijod kilib kelmokda. Ish faoliyatidan ilk kunlaridanoq S.Sirojiddinov asari “Hind afsonasi”da Sundr (rej: L.Saʼdullayev), M.Uyg‘ur asari “Turkiston tabibida”da Abduraxmon (rej. J.Ruzmetov), O‘.Umarbekov asari “Sadoqat” dramasida Samad (rej: X.Fayziyev), Yu.Azimzoda asari “Nasriddining yoshligi”da Darvesh (rej: L.Saʼdullayev), R.Muhammadjonov asari “Soqov xotin”da Jamshid, xaridor (rej: M.Abdullayeva), R.Muhammadjonovning “Orzumdagi maxbubam” dramasida Ashur rolini, chet el dramaturgiyasidan Rey Kuni “Qo‘sh arava yuki” Stenli Pouni kabi xarakterli rollari bilan tomoshabinlarning qalbidan joy oldi. 2017 yilda teatr repertuaridagi
M.Nuraliyev poytaxt teatrlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Raqsdagi aktyor” tanlovida komik chiqishlari bilan qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Bundan tashqari aktyor sifatida xarakterli rollar ijro etish bilan birga plastik xarakterga ega bo‘lgan nomerlar tayyorlashga harakat qiladi.
Aktyor-ijodkor sifatida bugungi kunda bir aktyor teatri yo‘nalishida ish olib bormoqda. Hamkasblari bilan Shekspir asari “Gamlet” asarini sahnalashtirishga kirishgan.
M.Nuraliyev tirishqoqligi, namunali xulqi, kasbga bo‘lgan mehri jamoadoshlari orasida hurmatga ega bo‘ldi. Jamoat ishlarida, gastrol safarlarida, ijodiy uchrashuvlarida, tashkiliy ishlarida faol qatnashadi. Kelajakda M.Nuraliyev teatr sanʼatida katta hissa qo‘shishiga ishonamiz.