39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

 

                           Oliy toifali drama artisti  Eltayeva Nargiz Suyunovna
Mazkur vazifada 2016 yildan ishlamoqda.
Teatrdagi 14 yillik ijodiy faoliyati davrida o‘zbek, rus va jahon klassik dramaturgiyasi asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllarda turli xarakterdagi obrazlari bilan teatr sanʼatida o‘z ijodiy qiyofasiga ega bo‘lgan aktrisalardan biri.
Isteʼdodli, ishga chanqoq, o‘ziga talabchan, muntazam izlanishda bo‘lgan aktrisa ijodiy faoliyatining ilk kunidanoq, teatr repertuaridagi sara spektakllarga jalb etilib, ijobiy va salbiy qahramonlar obrazlarini mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
Teatr repertuaridagi spektakllardan “Ikki dangasaning bir kuni”da Turdi, “Oy yorug‘i olamgacha”da Zuhra, “Qizil shapkacha”da Qarg‘a, Buvi, “Ayajonlarim”da Qo‘shni qiz, “Repper ertakchi”da Tulya xola, “Tobutdan tovush”da Xojar, “Eringni berib tur”da Karomat xola, “Adashganlar”da Fohisha qiz, “Nasriddinning yoshligi”da To‘kisxon, “Sadoqat”da Sayyora, “Boylik talvasasi”da Sharofat, “Orzumdagi mahbubam”da Ruxsora, “Baxt kaliti”da Ona, “Chapani hangoma”da Masturabonu, “Hind afsonasi”da Rita xola, “Oltin jo‘ja”da Tulki, “Soqov xotin”da Savri, “O‘qimagan bolaning holi, yoxud Padarkush”da Lizaxonim “Uylanish” da Dunyashka kabi turli xarakterdagi qahramonlar rolini ijro etib tomoshabin mehriga sazovor bo‘lmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramay, kasb sirlarini mohirlik bilan egallagan aktrisa o‘ziga topshirilgan personaj xarakterini aniq ifodalar, mimikalar, jestlar bilan va tabiiy ijro etishga harakat qiladi. O‘ynayotgan rolining bosh maqsadini, qahramonining his-tuyg‘ularini ustalik bilan tomoshabinga yetkazish uning ijodida muhim o‘rin tutadi. Har bir rolga katta masʼuliyat bilan jiddiy yondashadi.
N.Eltayevaning aktyorlik sanʼatini mukammal o‘rganishida ustoz sanʼatkorlar Xayrulla Saʼdiyev, Sanʼat Devonov, Turdibek Sodiqov, Lutfulla Saʼdullayev, Munavvara Abdullayeva, Sayyora Mirxodiyeva, Zarifa Ismoilova, Asral Tashkenbayevlarning xizmatlari benihoya katta bo‘lib, ustozlarning o‘git va maslahatlariga amal qilib kelmoqda.
Ijodiy jamoa bilan respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan gastrol safarlarida, umumxalq bayram tadbirlarida, ijodiy uchrashuvlarda faol qatnashib kelmoqda.
Jumladan, 2017 yilda “Padarkush-yoxud o‘qimag‘on bolaning holi” spektakli bilan Qashqadaryo viloyatida, “Buyuk kelajagimizning mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” shiori ostida Andijon, Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Paxta-2017” tadbirlarida, Madaniyat vazirligi tomonidan “Paxta-2018” yig‘im-terim mavsumida Navoiy viloyatida paxtakorlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazish uchun xizmat safarlarida bo‘ldi.
Jamoada o‘zining vazminlik, samimiylik, kamtarlik kabi fazilatlari bilan hurmat qozongan 

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.