39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

                       


                                 Oliy toifali darama artisti Yusupov Ilxom Soatovich
2005 yil O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Teatr sanʼati fakultetining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” kursini tamomlagan. Oliy o‘quv yurtini tamomlab, 2005 yil 18 iyul oyida Respublika Satira teatriga ishga kelgan.
Yusupov Ilxom yosh, shijoatli aktyor. U mehnat faoliyatining ilk kunlaridan boshlab, teatr repertuaridagi spektakllarga jalb etildi va bosh qahramonlar rollarini ijro eta boshladi. Rejissyorlar bilan rol ustida ishlash davomida, o‘zining mustaqil fikrlari, izlanishlari, ijodiy izlanuvchanligi bilan rolning taʼsirchanligi va tabiiyligi oshirib bordi.
Qisqa fursat ichida repertuardagi bir nechta spektakllarda turli xarakterdagi rollarni mahorat bilan ijro eta boshladi. U yaratgan obrazlardan “Nasriddinning yoshligi” spektaklida Vazir, “Bugunning shum bolasi”da Posbon, “Ayiq”da Smirnov, “Eringni berib tur”da Er, “Sadoqat”da Tursunali, “Chig‘iriq”da G‘olib, “Adashganlar”da Yigit, “Jumboq”da Jahongir, “Boylik talvasasi”da Uchastka noziri, “Orzuyimdagi maxbubam”da pochcha, “Padarkush”da domla, “Sevganingdan ayrilma” Ironov, “Qor malikasi” Sexrgar, “Jamoat fikri”da Ilxom, va “Etik kiygan mushuk”da Sexrgan kabi turli xarakterdagi obrazlari bilan teatr jamoatchiligi va tomoshabinlar eʼtiborini qozonib kelmoqda.
Yusupov Ilxom Soatovich teatr jamoasining ijodiy safarlarida doimiy ravishda ishtirok etib, viloyat, tuman, qishloq aholisi teatr sanʼati bilan yaqindan tanishtirishda spektakl va ijodiy uchrashuvlarda faol qatnashib kelmoqda. Tashkiliy ishlarda o‘zining mustaqil yondashuvi bilan boshqa xodimlardan ajralib turadi.
Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan. Jamoaning jonkuyar aʼzosi va umidli aktyori.  

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.