1-toifali drama artisti Аvezova Roza Oʼktamovna
Maʼlumoti oliy. 2007 yilda Oʼzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining “Dramatik teatr va kino aktyorlik sanʼati” boʼlimini tamomlagan.
10.09.2018 yildan Oʼzbekiston Davlat satira teatrida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Аvezova Roza Oʼktamovna Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan oʼtkazilgan xalq sayillarida aholiga bayram kayfiyatini ulashishda, 2018 yil dekabrь oyida boʼlib oʼtgan “Ibratli oila” Respublika festivalida, teatrdagi yangi yil tomoshalari,
21-27 mart kunlari oʼtkazilgan “Teatr tomoshalari haftaligi” tadbirlarining yuqori saviyada hamda koʼtarinki ruhda oʼtkazilishiga oʼz hissasini qoʼshdi.
U oʼzining namunali xulqi, tartib-intizomi, kasbiga boʼlgan masʼuliyati, samimiyligi bilan jamoadoshlari oʼrtasida hurmatga sazovor boʼlib kelmoqda. Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan.
Shuningdek u F.Karintining rejissyor J.Roʼzmetov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli kursi” spetaklida;
Hamza Hakimzoda Niyoziyning rejissyor Bahodir Yoʼldoshev sahnalashtirgan “Maysaraning ishi” satirik-komediyasida;
Nikolay Vasilьevich Gogolning rejissyor E.Yoʼlchiboev tomonidan sahnalashtirilgan “Uylanish” spektaklida;
V.Baranganing rejissyor T.Isroilov tomonidan sahnalashtirilgan “Jamoat fikri” satirasida;
“Аrshin mol olan” (rejissyor Oʼzbekiston xalq artisti B. Yoʼldoshev) spektaklida;
Sharlь Perroning rejissyor E.Yoʼlchiev tomonidan sahnalashtirilgan “Etik kiygan mushuk” bolalar uchun pьesasida va teatrning turli yillarda sahnalashtirgan boshha asarlarida rollar oʼynadi, ommaviy sahnalarda ishtirok etdi, bu sahna asarlarining muvvaffaqiyatli chiqishida oʼz hissasini qoʼshdi.