39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

            




                1-toifali drama aktyori SHAYMATOV BEXZOD MAMATKARIMOVICH
Ushbu teatrda 2007 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Shaymatov B. yosh, shijoatli aktyor. U mehnat faoliyatining ilk kunlaridan boshlab, teatr repertuaridagi spektakllarga jalb etildi va tez kunda mehnatsevarligi, o‘z ustida doimiy izlanishi, ijodiy izlanuvchanligi sababli yangi spektakllarda bosh rollar ijro etib, o‘z tomoshabinini topishga harakat qildi.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan tezda repertuardagi bir nechta rollarni maroq bilan ijro eta boshladi. U yaratgan obrazlardan “Nasriddinning yoshligi” spektaklidagi Xizmatkor, “Bugunning shum bolasi” dagi Shum bola, “Tobutdan tovush” dagi Navro‘zov, “Sadoqat” dagi Qosim shoir, “Chig‘iriq” dagi G‘olib, “Tomorqa voqeasi” dagi Ermat , “Repper ertakchi”da Repper“Hind afsonasi”da Dev “”Chapani hangoma”da Aroslonboy , “Standart kelin”da Ashur, “Boylik talvasasi”da Ermat, “O,Nargiz..”da Normamat kabi obrazlari teatr jamoatchiligi va tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Shaymatov B.M.teatr jamoasining ijodiy safarlarida doimiy ravishda ishtirok etib, viloyat, tuman, qishloq aholisi bilan ijodiy uchrashuvlarda qatnashib kelmoqda.
Ustoz sanʼatkorlar ko‘rsatmalari va nasixatlariga quloq solib o‘z ijodiy yutuqlariga erishib kelmoqda. Bilimi va salohiyati uning kelajakda bir nechta betakror obrazlar yaratishi va milliy teatrimiz rivojiga hissasini qo‘shishiga ishonch uyg‘otadi.
Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan. Jamoaning jonkuyar aʼzosi va mehnatkash artisti.

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.