1-toifali drama artisti Uzoqov Nodirbek Kamolovich
Maʼlumoti oliy. 2011 yilda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ““Dramatik teatr va kino aktyorlik sanʼati” bo‘limini tamomlagan.
10.09.2018 yildan O‘zbekiston davlat satira teatrida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Uzoqov Nodirbek Kamolovich Mustaqillik bayramida, “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalq sayillarida aholiga bayram kayfiyatini ulashishda o‘z hissasini qo‘shgan.
2018 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan yangi yil tomoshalari,
21-27 mart kunlari o‘tkazilgan “Teatr tomoshalari haftaligi” tadbirlarining yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
U o‘zining namunali xulqi, tartib-intizomi, kasbiga bo‘lgan masʼuliyati, samimiyligi bilan jamoadoshlari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan.
Shuningdek u Hamza Hakimzoda Niyoziyning rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev sahnalashtirgan “Maysaraning ishi” satirik-komediyasida;
Nikolay Vasilevich Gogolning rejissyor E.Yo‘lchiboyev tomonidan sahnalashtirilgan “Uylanish” spektaklida;
V.Baranganing rejissyor T.Isroilov tomonidan sahnalashtirilgan “Jamoat fikri” satirasida;
“Arshin mol olan” (rejissyor O‘zbekiston xalq artisti B. Yo‘ldoshev) spektaklida;
“Sehrli kursi” (rejissyor J. Ro‘zmetov) spektaklida;
Sharl Perroning rejissyor E.Yo‘lchiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Etik kiygan mushuk” bolalar uchun pesasida va teatrning turli yillarda sahnalashtirgan boshha asarlarida rollar o‘ynadi, ommaviy sahnalarda ishtirok etdi, bu sahna asarlarining muvvaffaqiyatli chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi.