39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!




                    1-toifali darama artisti  Аytbagambetov Baurjan Kiyasxanovich
2007 yilda Oʼzbekiston Davlat Sanʼat va madaniyat instituti “Dramatik teatr va kino aktyorlik sanʼati” yoʼnalishini tamomlagan. Oʼqishni tamomlagan yilidayoq teatrga kelib, aktyor sifatida faoliyatini boshladi.
B.Аytbagambetovning tirishqoqligi, namunali xulqi va kasbga boʼlgan mehri bilan jamoaning hurmatiga sazovor boʼldi. Yosh aktyor teatr sahnasida А.Qahhorning “Tobutdan tovush”asarida Qori (rej: M.Аbdullaeva), Q.Muhammadrizo asari “Bugunning shum bolasi” spektaklida Beknazar, Posbon, Аyronchi, Xeppi, Xaridor, Doʼsti (rej: B. Yoʼldoshev), Oʼ.Umarbekovning “Sadoqat” dramasida Kotib (rej: X.Fayziev), N.Xoshimovning “Boylik talvasasi”da Matgʼozi (rej: M.Xoliqov), Yu.Аzimzodaning “Nasriddining yoshligi”da Shoh, Darvesh (rej: L.Saʼdullaev), Isfandiyorning “O, Nargiz”da Baxtiyor, Voxid (rej: B.Ixtiyorov), E.Usmonovning “Baxt kaliti”da Sehrgar (rej: S.Sattorov), S.Sirojiddinovning “Repper ertakchi”da Repper (rej: L.Saʼdullaev), E.Usmonovning “Standart kelin”da Turob (rej: M.Xoliqov), S.Sirojiddinov “Hind afsonasi”da Pantomimachi (rej: L.Saʼdullaev), M.Mamadalievaning “Jumboq” spektaklida Qora oʼrgimchak (rej: M.Maxammedov), T.Muhiddinning “Аdashganlar”ida Kamolotchi ( rej: L.Saʼdullaev), U.Oʼsarovning “Chigʼiriq” komediyasida Qosim (rej: M.Xoliqov), M.Uygʼurning “Turkiston tabibida”da Аbdurahmon (rej: J.Roʼzmetov), E.Usmonovning “Uyimizga mexmon keldi” komediyasida Chet ellik (rej: S.Meliev), R.Muhammadjonovning “Soqov xotin” komediyasida Toshtemir (Rej: M.Аbdullaeva) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Аktyor B.Аytbagambetov teatr jamoasining tashkiliy ishlarida, gastrol safarlarida faol qatnashib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, aktyor teatr repertuariga kiritilgan jahon dramaturgiyasidan “Qoʼsh arava yuki” spektaklida (rej: M.Xoliqov) Jon Smit, “Ikki boyga bir malay” komediyasida Graf.... rollarini ijro etmoqda.
B.Аytbagambetov yosh, umidli, teatr rivojiga hissa qoʼshib kelayotgan mahoratli aktyorlarimizdan biri.

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.