39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!





                             2-toifali drama artisti YULDASHEV ABBOS ERKINOVICH
Ushbu teatrda 2016 yildan buyon ijodiy faoliyat yuritib kelmoqda.
Yuldashev Abbos yosh, shijoatli aktyor. U mehnat faoliyatining ilk kunlaridan boshlab, teatr repertuaridagi spektakllarga jalb etildi va tez kunda mehnatsevarligi, o‘z ustida doimiy ishlashi, ijodiy izlanuvchanligi sababli yangi spektakllarda bosh rollar ijro etib, o‘z tomoshabinini topishga harakat qildi.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan tezda repertuardagi bir nechta rollarni maroq bilan ijro eta boshladi. “Padarkush”da Armani, “Qor malikasi”da Qaroqchi va qarg‘a, “Arshin mololon”da Vali, “Uylanish” da Stepan, “Etik kiygan mushuk”da Mushuk, “Mexribonlar”da Botir kabi obrazlari teatr jamoatchiligi va tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Yuldashev Abbos teatr jamoasining ijodiy safarlarida doimiy ravishda ishtirok etib, viloyat, tuman, qishloq aholisi bilan ijodiy uchrashuvlarda qatnashib kelmoqda.
Ustoz sanʼatkorlar ko‘rsatmalari va nasihatlariga quloq solib, o‘z ijodiy yutuqlariga erishib kelmoqda. Bilimi va ijodiy salohiyati uning kelajakda bir nechta betakror obrazlar yaratishi va milliy teatr va kino sanʼati rivojiga hissasini qo‘shishiga ishonch uyg‘otadi.
Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan. Jamoaning jonkuyar aʼzosi va mehnatkash artisti.






Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.