39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

            Yetakchi artist sahna ustasi, O'zbeksitonda xizmat ko'rsatgan artist 
                                                 Zarifa Ismailova Hasanovna

 Mazkur vazifada 1991 yildan ishlamoqda.
Z.Ismoilova talabalik chog‘laridanoq katta sahnalarda rollar ijro eta boshlagan bo‘lib, Mirmuhsinning “Umid” romani asosida suratga olingan (rejissyor M.Mahkamov) videofilmida ijro etgan Hafiza roli aktrisaning katta sahnaga chiqishida hamda teatrga taklif etilishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Aktrisa ilk ijodiy faoliyatini O‘zbek drama teatrida M.Karimovning “18 yoshligim” spektaklida Shohista roli bilan boshlagan bo‘lib, teatr sahnasida Isfandiyor asari “Otasining qizi”da Nargiz, H.Niyoziyning “Ishq qurbonlari”ida Maryamxon, “Maysaraning ishi”da Oyxon, “Paranji sirlari”da Mastura satang, U.Umarbekovning “Otilmagan o‘q” asarida Boyning xotini, S.Ahmadning “Farmonbibi arazladi”da Nigora, chet el dramaturgiyasidan Nazdrachok asari “Ko‘zingni kattaroq och”da Zumrad, Yevgeniy Shaban asari “Chandiqlar”da Raʼno, Vampilovning “Katta o‘g‘il” asarida Yetim qiz, Yelmanning “Mukofot”ida Hisobchi, “Zenulya”da Valya, Vasilevning “Sokin tonglar” asarida Gurvich, Miroshnichenkoning “Shayton farishtalari” asarida Tina, M.Erdmanning asari asosida sahnalashtirilgan “Alvido hayot” spektaklida Modiska kabi xarakterli rollari bilan o‘z muxlislariga ega bo‘ldi.
Aktrisaning Respublika Satira teatrida ijodiy faoliyati juda sermazmun va betakrordir. Uning A.Qahhor asari “Tobutdan tovush” spektaklida Netayxon, “Mayiz yemagan xotin”da shoir Tavqidiyning xotini, “Ayajonlarim”da Shakarxon, Shuhratning “Besh kunlik kuyov”da Kishvarxon, T.Muhiddin asari “Adashganlar”da Sanobar, Q.Muhammadrizoning “Bugunning shum bolasi”da Ona, T.Imomxo‘jayevning “Buvam uylanarmish”da Kampir, Yu.Azimzodaning “Nasriddinning yoshligi” spektaklida To‘kisxon, M.Mamadaliyeva “Jumboq” spektakli, U.O‘sarov asari “Chig‘iriq” spektaklida Buvi, J.Ro‘zmetovning “Quduq” spektaklida Olmaxon obrazlari katta mahorat bilan ijro etilgan bo‘lib, tomoshabinlarning tahsin va olqishlariga sazovor bo‘lgan.
Aktrisa har bir spektaklda rejissyor yondashuvi va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, voqealar rivojida o‘z obrazini jonlantirishga, tomoshabin ishonchiga kirishga intiladi. Uning yaratgan obrazlari hayotiyligi, taʼsirchanligi va inson maʼnaviy olamini mukammal gavdalantirishi bilan diqqatga sazovordir.
Uning ijrosidagi obrazlar o‘zining hayotiyligi va katta jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Ular albatta, aktrisaning qirq bir yillik qizg‘in va tinimsiz ijodiy faoliyatining katta mahsulidir.
Z.Ismailova teatrdagi faoliyati bilan birga “O‘zbektelefilm” studiyasi tomonidan suratga olingan teleseriallarda ham turli xarakterli rollarni ijro etib, muxlislar qalbidan joy olgan. Uning ko‘plab videofilmlarda yaratgan zamonaviy o‘zbek ayollari obrazlari o‘ziga xos bo‘lib, aktrisa xilma-xil qiyofalarni yorqin va ishonarli ochib berishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, uning ijrosidagi rejissyor M.Boboyevning “Charxpalak” teleserialida Hamshira, M.Asadullayev suratga olgan “Qirq tog‘oraning, qirq nog‘orasi”da Mohira, Z.Begimqulovaning “Opa-singillar” serialida Lobar, “Hayot pillapoyalari”da Ona kabi rollari bilan hanuzgacha elga manzur bo‘lib kelmoqda.
Aktrisa jamoat ishlarida ham faol qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha respublikamiz taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari bilan bo‘lib o‘tadigan ijodiy uchrashuvlarda, shuningdek Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlari tantanalarida, viloyatlarda bo‘lib o‘tadigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar va bayram tantanalarida ishtirok etmoqda.
Z.Ismailova o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qilib yoshlarga o‘zining bor bilimi va malakasini o‘rgatib kelmoqda. Ko‘plab shogirdlari ustozi izidan borib, hozirgi kunda yaxshi natijalarga erishmoqdalar. 

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.