Yetakchi artist sahna ustasi Nizomiddinov Hayitali Mamatqulovich
Ushbu teatrda 2000 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
H.Nizomiddinov teatrdagi faoliyati davomida ketma-ket yaratgan sermazmun obrazlari, tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Bular qatorida “Ayajonlarim” spektaklida Rais, “Nasriddinning yoshligi”da Firibgar qozi obrazlarini aytib o‘tish joiz. Bu obrazlar yorqinligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlikka, o‘zaro mehr-oqibat va ibratli ishlarni namoyishi bilan obro‘ eʼtibor topishga undaydi. Halollik va yaxshilik, insonlarga bo‘lgan mehrparvarlik, hamda haqiqat doimo g‘olibligini, firibgarlik bilan maqsadga yetganda ham, baribir uzoqqa borolmasligini ko‘rsatib beradi. Bu fazilatlar tomoshabinlar xulqiga spektakllar va avvalambor H.Nizomiddinovning aktyorlik qobiliyati orqali singib boradi.
“Baxt kaliti”, “Jumboq”, “Chapani hangoma”, “Sadoqat” va yana ko‘plab spektakllardagi katta-kichik rollari orqali xalqimiz dilidan joy olib kelayotgan katta tajribaga ega yuksak ijodiy salohiyatga ega ijodkordir.
Teatr jamoasi bilan doimiy ravishda gastrol safarlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida, qishloq mexnatkashlari, maktab, kollej, hamda oliy o‘quv yurtlarida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib, doimo xalq orasida, uni sevgan tomoshabinlar qarshisida ularga xolis xizmat qilib kelmoqda.
Yetakchi aktyor sifatida teatrning musiqiy satirik tomoshalarida ham bir necha obrazlar yaratgan. Ulardagi yengillik va nafislik tomoshabinlar diqqat eʼtiboriga tushgan.
H.Nizomiddinov davlat va jamoat ishlarida muntazam faol ishtirok etish bilan bir qatorda teatrdagi yosh ijodkorlarga soha sirlarini ham chuqur o‘rgatishda fidoyilarcha yondoshib, zabardast aktyor ekanligini namoyon qilib kelmoqda.
Respublika va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladigan “Mustaqillik” va “Navro‘z” umumxalq bayramlarining, hamda boshqa madaniy tadbirlarning doimiy qatnashchisi.
Kamtarin va jonkuyar inson, mehnatsevar aktyor H.Nizomiddinov o‘zining el-yurt uchun xolis xizmat qilib kelayotgan katta tajribasi va yuksak ijodiy salohiyatga ega sanʼatkor sifatida o‘zbek teatr sanʼati vakillari va keng jamoatchilik orasida katta obro‘-eʼtibor qozonib kelmoqda.