2-toifali drama artisti Qurbonboyev Azamat Raimberganovich
Maʼlumoti oliy. 2009 yilda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Dramatik teatr va kino aktyori” bo‘limini tamomlagan.
10.09.2018 yildan O‘zbekiston davlat satira teatrida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Qurbonboyev Azamat Raimberganovich Mustaqillik bayramida, “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab Madaniyat vazirligining tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalq sayillarida aholiga bayram kayfiyatini ulashishda o‘z hissasini qo‘shgan.
U o‘zining namunali xulqi, tartib-intizomi, kasbiga bo‘lgan masʼuliyati, samimiyligi bilan jamoadoshlari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan.
Shuningdek u F.Karintining rejissyor J.Ro‘zmetov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli kursi” spetaklida, Hamza Hakimzoda Niyoziyning rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev sahnalashtirgan “Maysaraning ishi” satirik-komediyasida, Nikolay Vasilevich Gogolning rejissyor E.Yo‘lchiboyev tomonidan sahnalashtirilgan “Uylanish” spektaklida, V.Baranganing rejissyor T.Isroilov tomonidan sahnalashtirilgan “Jamoat fikri” satirasida, “Arshin mol olan” (rejissyor O‘zbekiston xalq artisti B. Yo‘ldoshev) spektaklida,“Sehrli kursi” (rejissyor J. Ro‘zmetov) spektaklida, Sharl Perroning rejissyor E.Yo‘lchiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Etik kiygan mushuk” bolalar uchun pesasida va teatrning turli yillarda sahnalashtirgan boshha asarlarida rollar o‘ynadi, ommaviy sahnalarda ishtirok etdi, bu sahna asarlarining muvvaffaqiyatli chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi.