1-toifali darama artisti QO‘CHQOROV JAHONGIR AKMALJONOVICh
Ushbu teatrda 2012 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qo‘chqorov Jahongir yosh, shijoatli aktyor. U mehnat faoliyatining ilk kunlaridan boshlab, teatr repertuaridagi spektakllarga jalb etildi va tez kunda mehnatsevarligi, o‘z ustida doimiy ishlashi, ijodiy izlanuvchanligi bilan yangi spektakllarda bosh rollarga tasdiqdiqlandi.
U yaratgan obrazlardan “Nasriddinning yoshligi” spektaklidagi Vazir, “Oltin Jo‘ja”dagi Bo‘ri, “Baxt kaliti”dagi Sehrgar, “Sadoqat” dagi Qosim, “Otasini qizi”dagi Baxtiyor, “Soqov xotin”dagi Jamshid, “Chig‘iriq”dagi G‘olib, “Orzumdagi mahbubam”dagi Hind, Yapon mehmon, “Ikki boyga bir malay” spektaklida Trufaldino, “Padarkush yohud o‘qimagan bolaning holi” spektaklida Ziyoli hamda yangi sahnalashtirilayotgan “Duel” spektaklida Aziz obrazlarini yaratib, teatr jamoatchiligi va tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Jahongir Qo‘chqorov teatr jamoasining ijodiy safarlarida doimiy ravishda ishtirok etib, viloyat, tuman, qishloq aholisi bilan ijodiy uchrashuvlarda faol qatnashib kelmoqda.
Ustoz sanʼatkorlar ko‘rsatmalari va nasihatlariga quloq solib, o‘z ijodiy yutuqlariga erishishga intiladi.
Bilimi va ijodiy salohiyati uning kelajakda betakror obrazlar yaratishi va milliy teatrimiz rivojiga hissasini qo‘shishiga ishonch uyg‘otadi.
Jamoat ishlaridagi faolligi va hamkasblarining hurmati teatr rahbariyati tomonidan bir necha marta eʼtirof etilgan. Jamoaning jonkuyar aʼzosi, hamkasblari bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi, samimiy va kamtarligi bilan ajralib turadi.