"Qalbim sohili" spektakli
Ushbu spektakl mashhur qirg‘iz yozuvchisi va dramaturgi Maar Bayjiyevning “Duel” nomli novellasi asosida “Qalbim sohili”nomi bilan sahnalashtirilgan.
Mazkur asar dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirilgan bo‘lib, asarda umuminsoniy g‘oyalar ilgari surilgani tufayli ham u haligacha adabiyot va teatr odamlarining nazaridan chetda qolmaydi. Unda inson va uning qalbi, hayot mohiyatini anglash, haqiqat va baxt tushunchalari haqida gap ketadi. Va mana shu tushunchalar asarda uch insonning hayot yo‘llarini bir nuqtaga tutashtirib keladi.
Asardagi yagona ayol qahramon Nozi ismli qiz. U bolaligidan dunyoga ideal xayollar bilan boqadigan, haqiqat, ezgulik izlovchan tabiatida birdaniga abgor turmushdan, odamlarning razilliklaridan yomon manoda ulg‘ayib, hayotdan hafsalasi pir ayolga aylanib qoladi. U doim yolg‘iz qolib ketishdan qo‘rqadi. Shuning uchun ham oilali erkakka da suyanishdan boshqa chora topolmay qoladi. Butun umr izlagan va kutgan odamini uchratganida esa kech bo‘lgan bo‘ladi.
Iskandar dunyoning va odamlarning shafqatsizliklarini ko‘raverib, o‘zi ham shafqatsiz, xudbin bo‘lib qolgan, hayotning mazmuni deganda faqatgina pul va kayf-safonigina tushunadigan erkak.
Aziz Nozi kabi dunyodan toza va baland tushunchalarni izlab, Nozidan farqli o‘laroq, bu ezgu tushuncha, amallarni o‘z hayotida topib, umr yo‘lida odamlar uchun jonini qurbon qila olishdek jasorati bilan o‘zligini isbotlay olgan shaxs.
Mana shu uchta taqdirning to‘qnashuvida ularning har biri o‘ziga kerak bo‘lgan haqiqati, xulosasini topib, so‘ng barchasi yakka yakka uch tomonga ketishadi.