39-Mavsum

  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat
  • Bosh menyu
  • Repertuar
    • Spektakllar
    • Afishalar
  • Truppa
    • Akytorlar
    • Ijodiy xodimlar
    • Texnik xodimlar
  • Yangiliklar
  • Bo'limlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Yoshlar siyosati
    • Madaniyat sohasidagi qarorlar
  • Biz haqimizda
    • Teatr tarixi
    • Rahbariyat
    • Joylashuvimiz
    • Teatrga sayohat

Sayt test rejimida ishlamoqda!

"Soqov xotin" spektakli

Dramaturg Rixsivoy Muhammadjonovning “Soqov xotin” asari 2015 yil Munavvara Abdullayeva tomonidan sahnalashtirilgan. Spektakl maishiy mavzudagi komediya janrida bo‘lib, unda yosh oilalarning hayoti aks etgan. Tomoshada asosiy qahramon Jamshid soqov gulchi qiz Oypopukni yoqtirib qolib, unga uylanadi. Avvaliga qizning gapirmasligiga eʼtibor bermaydi, vaqt o‘tishi bilan esa u ham boshqalarga o‘xshab xotini bilan gaplashib o‘tirishni, talashib-tortishishni hohlaydi. Shu maqsadda shifokor huzuriga olib boradi. Bunda unga yon qo‘shnisi Toshmurod yordam beradi. Shifokor qizni davolaydi, u tilga kiradi. Yigitning “tashvishi” ana o‘shandan keyin boshlanadi. Qiz tilga kirganidan xursand, tinimsiz gapiradi, kechasi-kunduzi eriga tinchlik bermaydi. Xotinidan bezor bo‘lgan Jamshidga ko‘mak bermoqchi bo‘lgan Toshmurod ham xotinidan baloga qoladi. Oqibatda esa, ikki qo‘shni ayol o‘rtasida dahanaki jang boshlanadi. Voqealar shu tarzda qiziqarli rivojlanib boradi va ikki erkakni o‘z xotinlarini baravar soqovga aylanib qolishlari istagida yondiradi.
Spektaklda jamoamizning ustoz sanʼatkori Hayitali Nizomiddinov va yosh aktyorlardan Dilafruz Mameshova, Bobur Aytbagametov, Shoxista Jo‘rayeva, Nodir Uzoqovlar rollarini mahorat bilan ijro etganlar.
Har bir spektaklni sahnalashtirishdan avval “bu asar bilan tomoshabinga nima demoqchimiz?” degan savol tug‘iladi. Chunki, sanʼat u teatr sanʼatimi yoki kino sanʼatimi tomoshabinga madaniy hordiq bilan bilan maʼnaviy, ruhiy ozuqa ham berishi kerakligi talab qiladi. Mazkur spektakl ham tomoshabinni hayotda barcha narsaning meʼyorini saqlay olishga, tabiatning bergan inʼomiga shukr qilishga, qo‘ni-qo‘shnichilik odobini tushuntirishga harakat qiladi. Voqealar kulgili holatlar bilan tomoshabinni o‘ziga tortadi.  

Copyright ©2025 O'zbekiston Davlat Satira teatri.
Saytdan ma'lumotlar olinganda veb-saytga havola qilish majburiy.