"Jamila" spektakli
Ch.Aytmatov qalamiga mansub «Jamila” asari o‘z o‘rniga ega g‘oyaviy-badiiy yuksak asar sanaladi. Erksizlik. Inson qul emasku, insonning erki birinchi o‘rinda. Unda insoniyatga, ayniqsa ayolga nisbatan qul singari bir buyumdek munosabatda bo‘lish singari qusurlar avj olgan jamiyatga qarshi kurash aks etgan. Voqealar Ikkinchi jahon urushi davrida ro‘y beradi.
Asarda ikki erkak asar bosh qahramoni Jamilaning ko‘ngliga qaramay, uning roziligisiz bir buyum sifatida talashadi. Qizning xohish-irodasiga qaramasdan olib qochib kelgan Sodiq urushga ketadi. Yer yuzini urush ko‘lankasi qoplab, sharoit og‘irlashib borayotgan pallada Doniyor degan yigit jangdan qaytib kelib, qishloq yumushlari asnosida Jamila bilan tanishadi. Ular bora-bora bir-birlariga mehr qo‘yishadi.
Jamila Doniyor bilan birga ketish uchun kurasha boshlaydi. Voqealar shu tariqa rivojlanib boradi. Bunda Jamila va Doniyorning muhabbati alanga olib, ular birga bo‘lishlari uchun ovuldan uzoqqa ketishlari kerak edi. Ularning ketishlari uchun to‘siqlar yengib o‘tilishi kerak edi. Jamilaga oldindan oshiq bo‘lgan Usmon, Sodiq va uning sheriklari tomonidan ikki yoshga nisbatan turli tahdidlar uyushtiriladi. Buning natijasida ziddiyatli to‘qnashuvlar paydo bo‘ladi.
Hayot uchun kurashdan toliqqan Jamila o‘zini tahqirlangan, qadrsizlangan his qila boshlaydi. U insonning qadr-qimmati poymol qilinuvchi jamiyatda yashashni o‘ziga ravo ko‘rmaydi.
Oxir-oqibat Jamila Doniyorni ham o‘zidan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Unga qarata: «Meni tinch kuy, ket!!!» deya xitob qiladi. Chunki Doniyorning rashki ham Jamilaning erkini bo‘g‘ayotgan bo‘lib tuyuladi.
Asarda Inson erki, ayol qadri ulug‘lanib, o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.